Huawei 1
Kadastr agentligi xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lov qilishda muammolar yuzaga kelmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda kadastr agentligi xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lov qilishda muammolar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Agentlik ushbu holat bo‘yicha tushuntirish berdi

Bilasiz, kadastr xizmatlaridan Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz hamda notariuslar orqali foydalanish mumkin. Kadastr agentligi bu yo‘nalishda "Universalbank" bilan hamkorlikda ishlaydi.

Ma'lum bo'lishicha, banklararo universal tarmoqli xizmatning to‘lov tizimi hamda "Universalbank" orqali amalga oshirilgan xizmat turlari natijalarini solishtirish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli kadastr xizmatlaridan Notarius orqali foydalanganda to‘lov qilish vaqtincha to‘xtatilgan.

Bank nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etishi va tizimni ishga tushurishini ma’lum qildi. Ushbu holatga invoysning hech qanday aloqasi yo‘q.

Eslatib o'tamiz, my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan arizalarning to‘lovlarida muammolar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51712 | Инструменты