Huawei 2
Kelayotgan hafta boshida respublikada kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi

“O‘zgidromet” xizmati 11-13-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda -3...+2 daraja, 13 martda -0...-5 daraja, kunduzi 11 martda +8...+13 daraja, 12-13 martda +6...+11 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 martda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 12-13 martda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+13 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +8...+13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda +5...+10 daraja, 13 martda +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +9...+14 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 va 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 va 13 martda +2...+7 daraja, 12 martda +5...+10 daraja, kunduzi 11 martda +11...+16 daraja, 12-13 martda +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, , 11-12 martda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 martda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 12 martda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 13 martda kechasi va kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga