Huawei 1
Turkiyaning Izmir shahridagi o‘rmon yong‘inlari aholi punktlariga yetib bordi

Turkiyaning Izmir shahrida katta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Kuchli shamol tufayli yong‘in aholi punktlariga yetib bordi. Yong‘inni o‘chirishga samolyotlar va vertolyotlar jalb qilingan, deb xabar bermoqda A Haber telekanali.

Kecha, 18-iyul kuni Gaziemir va Buja tumanlaridagi o‘rmonzorlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Shu fonda Izmirdagi xalqaro aeroportda uzilishlar yuz berdi. Kechqurun alanga aholi turar-joylariga yetib bordi. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Yong‘inni o‘chirishga 7 ta samolyot, 16 ta vertolyot, 35 ta yerustu texnikasi, 11 ta suv yuk mashinasi va to‘rtta buldozer jalb qilingan. Qorong‘i tushgach, yong‘in hududiga tungi ko‘rish uskunasiga ega ikkita vertolyot ham yetib keldi.

Ma'lumki, Turkiyada har yili yozda yirik o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ladi. 2023-yilda yong‘inlar bir qancha viloyatlarga ta’sir ko‘rsatdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110505 | Инструменты