Huawei 1

Markaziy bank tashabbusi bilan kiberxavfsizlikni ta’minlash va shubhali amaliyotlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi seminar trening o’tkazildi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi. 

“Kibertahdidlar, firibgarliklar va ma’lumotlar sizib chiqishi” mavzusida tashkil etilgan tadbirda  xalqaro va mahalliy kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdi. Ular bank tizimining barqaror ishlashiga xavf soluvchi kibertahdidlar, bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etdi. 

Seminar davomida Kiberxavfsizlik hodisalarini tahlil qilishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning ahamiyati,  Moliyaviy jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasi kabi masalalarda o‘zaro fikr almashildi.

-  Bizning kompaniyamiz O‘zbekiston bozorida 10 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Biz Markaziy bank bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarda juda faol ishtirok etamiz. Bugungi seminarda sun’iy intellect orqali qilingan kiberhujumlar sonining ortib borayotgani haqida gaplashdik. Shu bilan birga sun’iy intellect imkoniyatlaridan foydalanib kibertahdidlarga qarshi kurashishimiz mumkin. Biz hozir kompaniyamiz tajribasidan kelib chiqib ushbu amaliyotni O’zbekiston uchun ham taklif etmoqdamiz. O’ylaymanki, bu kabi tadbirlar O‘zbekiston fuqarolarini kiber tahdidlardan himoya qilish va xodimlarning malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur seminar onlayn formatdagi bank va to‘lov xizmatlarini mijozlarga qulay hamda xavfsiz qilish bo’yicha o’zaro tajriba maydoni bo’lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82712 | Инструменты