Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa kadastr yig'majildi tayyorlanmaydi
Amaliyotda ko'chmas mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ham ularga nisbatan texnik kadastr yig'ma jildlarini rasmiylashtirgan bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslar mazkur yig'ma jildlarni ko'chmas mulk obyektlariga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi hujjat deb hisoblashlari oqibatida turli tushunmovchiliklar kelib chiqqan.
Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida qo'mita tomonidan muhim hujjat qabul qilindi. Unga ko'ra:
- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kadastr yig'ma jildi tayyorlash uchun ariza berish bilan murojaat qilinganda, agarda ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa kadastr yig'majildi tayyorlash umuman taqiqlandi;
- Inventarizatsiya ishlari amalga oshirilgan, biroq yer uchastkasi, qurilgan bino va inshootlarga huquq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan holda, inventarizatsiya natijalari axborot tizimida shakllantirilib, arizachiga faqatgina ko'chmas mulk to'g'risidagi ma'lumot taqdim etish amaliyoti joriy etildi.
- Yuqoridagi hujjat bilan bunday xodimlarga nisbatan intizomiy ta'sir choralarini ko'rish qat'iy belgilab qo'yildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10602 | Инструменты