Huawei 1
Kompensatsiya qilinadigan xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

Xarajatlari qoplab beriladigan xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxati kengaytirildi, deya xabar berdi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot xizmati.

O‘zbekistonning IT-iste'dodlari portalida tasdiqlangan ro‘yxat 34 ta kompaniya va ular tomonidan taqdim etiladigan 329 ta sertifikatga yetkazildi.

Yangilangan ro‘yxatga hozirda talabgir bo‘lgan kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar, ma'lumotlar ilmi va tahlilchisi hamda maʼlumotlar tahlilchisi kabi yo‘nalishlar qo‘shildi.

Shunindek,

Linux Foundation
Nvidia
Databrisks
Tableau
Pover Platform
ODOO
Yandex kabi ilgari ro‘yxatda bo‘lmagan yangi yetakchi IT kompaniyalarning sertifikatlariga ham o‘qish mumkin.

Eslatib o'tamiz, 2025-yil 1-aprelga qadar o‘quv kurslari va imtihon xarajatlari uchun qisman yoki to‘liq to‘lov qilingan shartnoma va unga muvofiq amalga oshirilgan to‘lov kvitansiyasi taqdim qilingan taqdirda, kompensatsiyalar avvalgi ro‘yxat asosida qoplab beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40219 | Инструменты