Ko'p yillardan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchilari hamkorlikda Istanbulda 9 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan ayblanib, 2017-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan F.F.N. Turkiyada ushlandi. Shu tariqa, uning qariyb 9 yil davomida tergov va javobgarlikdan yashirinib yurishiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan A.M.A. ham qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi. Hozirda ularga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100814 | Инструменты