Huawei 1
Kozim To‘laganov: baland binolar 9 ballik zilzilaga chidamli qilib qurilmoqda, xavotirga o‘rin yo‘q

Parlament quyi palatasi majlisida ko‘rib chiqilgan, inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash va qonunchilik talablarini buzganlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarliklarni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamalarida deputatlar bir qator savollarni berdi

Xususan, qo‘mita raisi Erkin Zohidov 1966-yilgi Toshkent zilzilasi epitsentrining yonida 51 qavatli bino qurilayotgani, umuman, bugungi baland bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligi qay darajada ekanligi, seysmik holatni baholash qanday amalga oshirilishi bilan qiziqdi.  

– Oxirgi yillarda O‘zbekistonda qurilishlar 7 qavatdan 28-30, hatto 40 qavatdan ham oshadigan variantlarda amalga oshirilmoqda, – dedi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Kozim To‘laganov. – Ularning konstruksiyalari yangi texnologiyalar asosida o‘rnatiladi. Zilzilabardoshlikka tekshirish odam qo‘li bilan emas, mashinada tekshiriladi hamda hisob-kitobini chiqarib beradi va albatta, 9 ballik zonaning majburiyati kiritiladi.  

Turkiyadagi holatdan keyin xavotir olib, 12-16 qavatdan yuqori qurilayotgan barcha inshootlarni tekshirib chiqdik, qo‘pol holatlar yo‘q. Maxsus apparat olib kelinib, binolarning 9 ballik zilzilaga bardoshliligi tekshirilyapti. 1966 yildagi zilziladan keyin normativlarning hammasi 9 ballik tizimga o‘tkazilgan. Bugungi kunda qurilayotgan baland binolarning barchasi 9 ballik zilzilaga chidamli qilib qurilmoqda, shunga mos konstruksiyalar qo‘llanilyapti, xavotirga o‘rin yo‘q, – dedi inspeksiya rahbari.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты