Huawei 2
"M39" Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo‘lining 60 km qismi rekonstruksiya qilinadi

Prezident “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “M39” Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mamlakatda xalqaro talablar va standartlarga mos zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va milliy yo‘l-transport infratuzilmasini yana-da takomillashtirish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan umumiy qiymati 195,5 mln AQSH dollari bo‘lgan "M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasining texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilgan edi.

Loyihani amalga oshirish uchun:

Islom taraqqiyot banki tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 106,7 mln AQSH dollari miqdorida;

OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 47,2 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratadi.

Mazkur  loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ITB va OPEK jamg‘armasi bilan tegishli Hadli kelishuv hamda qarz bitimi imzolangan.

Umumiy qiymati 195,5 mln AQSH dollari bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga ko‘ra ITB va OPEK jamg‘armasining hissasi 153,9 mln AQSH dollarini, O‘zbekiston Respublikasining hissasi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish hamda moliyaviy boshqa xarajatlarni qoplash ko‘rinishida 41,5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni tashkil etadi.

Loyiha 5 yil (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2024-2029 yillar) da amalga oshiriladi.

Prezident qaroriga muvofiq:

"M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

"M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘larni bo‘lib to‘lashning prognoz jadvali;

"M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘lar hisobidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlari barpo etiladi.

Yashil hududlarni barpo etish maqsadida loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 450 ming dona manzarali daraxt va terak ko‘chatlari ekiladi.

Bunda, barpo etiladigan yashil hududlarni lozim darajada saqlash bo‘yicha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga