Huawei 2
Bokschimiz Saidjamshid Jafarov “IBA Asia” kamari sohibi bo‘ldi

Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan “IBA Chempionlar oqshomi”ning asosiy bahsida hamyurtimiz, 2023-yilgi jahon chempionati kumush medal sohibi Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Talgat Shayken bilan 71 kilogramm vaznda IBA Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazdi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan Talgat Shayken iste’dodli bokschimiz Saidjamshid Jafarov zarbalariga dosh bera olmadi.Jafarovning g‘alabasi bilan poyoniga yetgan jangdan so‘ng  hamyurtimizga “IBA Asia” kamari tantanali topshirildi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga