Huawei 1
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi mashinada ikki talabani urib yubordi

Namangan viloyati IIB xabariga ko‘ra, joriy yilning 20-aprel kuni soat 18:40 larda Yangi Namangan tumanida yashovchi 2007--yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisi tog‘asining nomida bo‘lgan Lacetti‘ni "Yettinchi Mingchinor" ko‘chasida boshqarib, tajribasizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib ketgan. Natijada, yo‘lning chap taraf chetida turgan ikki talabani urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida, yigitlardan biri yengil tan jarohati olgan. Ikkinchisi esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga