Huawei 1
Madaniyat vazirligida 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuniga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi

“Haq yo'lida kim sanga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin ming ganj ila”.

Haqiqatan ham, o'zining ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o'qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir. Yurtboshimizning madaniyat va san'at sohasiga qaratayotgan e'tibori va bu yo'nalishda olib borilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan yuksak darajada e'tirof etilmoqda.

Madaniyat vazirligida 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali marosim o'tkazildi. Unda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, barcha ustoz va murabbiylarga bayram tabrigini yo'lladi. Tadbir davomida sohada samarali faoliyat olib borgan o'qituvchilarning xizmatlari munosib ravishda e'tirof etilib, Madaniyat vazirligining qimmatbaho sovg'alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Ma'lumot o'rnida bugungi kunda madaniyat vazirligi tizimida 340 ta ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shundan, oliy ta'lim muassasasi 6 ta, musiqa va san'at kolleji 2 ta, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat mkaktablari 17 ta, musiqa maktab-internatlari 8 ta hamda bolalar musiqa va san'at maktablari 317 tani tashkil etadi. Ushbu ta'lim muassasalarda 16 000 nafar o'qituvchi va konsertmeyterlar faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 536-sonli qaroriga asosan mazkur o'quv yilidan boshlab «O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi», «O'zbekiston Respublikasi xalq artisti», «O'zbekiston Respublikasi xalq baxshisi», «O'zbekiston Respublikasi xalq hofizi» faxriy unvonlari ― professor ilmiy unvoniga; «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist», «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvonlari ― dotsent ilmiy unvoniga; ijodiy ishlar (sahnalashtirilgan musiqiy spektakl, musiqiy asarlar, konsertlar, badiiy, hujjatli, qisqa metrajli va animatsion filmlarga yozilgan musiqalar) muallifligi ― ilmiy, o'quv-metodik ishlarga tenglashtirilganligi davlatimiz tomonidan ustoz va murabbiylarga bo'lgan bo'lgan e'tiborning yana bir yaqqol namunasidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12304 | Инструменты