Huawei 1
Magistr qizlar uchun kontrakt to‘lovini qoplash bo‘yicha arizalar qabuli uzaytirildi

Magistr xotin-qizlar kotrakt to‘lovini budjetdan qoplash bo‘yicha arizalarni 30-sentabrgacha jo‘natishlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida kunduzgi ta’lim shakliga — 16 286 nafar, kechkiga — 657 nafar, masofaviy ta’lim shakliga esa 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Yana 987 nafar talabgor kunduzgi ta’limga, 7 nafari kechkiga va 4 nafari masofaviy ta’limga qo‘shimcha imtiyoz bilan tavsiya etildi. Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.

Shuningdek, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning joriy o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovini budjetdan qoplab berish bo‘yicha ariza berishning so‘nggi muddatini 30-sentabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi. Oldin bu 15-sentabrgacha belgilangandi.

Ushbu imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • arizani belgilangan muddatda taqdim etmaganlar;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlar;
  • nodavlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasida tahsil olayotganlar.

Bunda talabgorlar o‘zlari ta’lim olayotgan OTM rektori yoki filial direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari shart. Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92321 | Инструменты