Huawei 1
IQMK norasmiy daromadga ega bo‘lgan mijozlarga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtiradi

O‘zbekistonda Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (IQMK) norasmiy daromadga ega bo‘lgan mijozlarga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, qayta moliyalashtirish bo‘yicha yangi mexanizm hamkor tijorat banklariga ipoteka kreditlarini yana-da kengroq qatlamga taqdim etish imkonini beradi. U rasmiy daromad hujjatlarini taqdim eta olmaydigan, biroq barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ipoteka kreditidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

«Ushbu yangi mahsulot aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanib, ipoteka bozorini rivojlantirish uchun xizmat qiladi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92313 | Инструменты