Avvalroq, Namangan viloyati Chust tumanidagi bog'chalarning birida bolalar zaharlangani haqida xabar bergan edik.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, Chust tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 23-sonli DMTTning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.
Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borishgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan. Shunga ko‘ra, jami, 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu voqea ortidan Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan barcha maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatilishi bo'yicha qaror qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112200 | Инструменты