Huawei 2
Maktablarda darslik to‘plamlari ijara narxi 108 foizga oshdi

2022-2023-o‘quv yili uchun o‘rtacha bir dona darslik uchun ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga ya'ni 108 foizga oshgan.

Joriy yilda Prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni O'zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.

Ta'kidlanishicha, ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini  to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

"Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1-oktyabrga qadar amalga oshirishlari mumkin”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Quyidagi jadvalda 2022-2023-o‘quv yiliga darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori keltirilgan.Shuningdek, quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etiladi:

•    birinchi sinf o‘quvchilari;
•    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
•    “Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
•    Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga