Huawei 1
Malayziya kompaniyasi O'zbekiston tog'-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Fortress Minerals" kompaniyasi bosh direktori o'rinbosari Ng Mun Fey bilan uchrashuv o'tkazdi

Suhbat davomida O'zbekistonda istiqbolli konlarni o'zlashtirish va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik o'rnatish masalalari muhokama qilindi. O'zbekiston zamini ma'danli qazilmalar zahiralari bo'yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri ekanligi ta'kidlandi.

Xorij tomoniga mamlakatimizdagi istiqbolli deb topilgan xrom, nikel, magniy va kobalt, titan va dolomit konlari to'g'risida ma'lumot berildi va ushbu loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqish taklif etildi.

"Mazkur takliflar kompaniyamiz rahbariyatiga qiziqish uyg'otishi mumkin. Ularni yanada batafsilroq o'rganish uchun yaqin oylarda O'zbekistonga safar qilishimizni ma'lum qilaman", dedi Mun Fey.

"Fortress Minerals" kompaniyasi 2017-yilda Singarpurda tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Kuala-Lumpurda joylashgan. Kompaniya Malayziyaning Terengganu, Paxang va Sabax shtatlarida temir, mis, oltin va nikel rudalari konsentratlarini qidirish, qazib olish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanadi. Xorijda Filippin orollari va Papua-Yangi Gvineya davlatlarida ruda konlariga ham egalik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33107 | Инструменты