Malayziya telekanalida O‘zbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus film taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bunday loyiha ilk marta Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Filmda O‘zbekistonning yirik ilm-fan va madaniyat markazi sifatidagi boy tarixi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, buyuk mutafakkir allomalarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, Yangi O‘zbekistonda tashkil qilingan xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati va yutuqlari haqida hikoya qilinadi.
Film O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida ilmiy-madaniy sohadagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga, diniy-maʼrifiy sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar, muhim natija va ilmiy yutuqlarni malay jamoatchiligi orasida keng tarannum qilishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20314 | Инструменты