Marg‘ilonda Burhoniddin Marg‘inoniy nomidagi turizm markazini qurish boshlandi

Marg‘ilon shahridagi “Navro‘z” MFY hududida Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazining qurilishiga kirishilayotgan bo‘lib, 35 gektar maydonda zamonaviy majmua barpo etiladi.

Ayni kunlarda Turkiya loyihalash kompaniyasi tomonidan master reja ishlab chiqildi. Bu yerda Ilmiy-tadqiqot markazi, Biznes markaz, milliy mehmonxonalar, maqom teatri, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, bozor va gastronomiya markazi, istirohat bog‘i kabilar quriladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun bu yerda bo‘lib, mas‘ullarga qurilish ishlarini boshlash, har bir loyihani puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22003 | Инструменты