Huawei 1
Markaziy Osiyo davlatlarida ishsizlik darajasi e’lon qilindi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng past ishsizlik darajasi Qirg‘izistonda(3,3 foiz) qayd etildi. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tegishli ma’lumotni e’lon qildi.

Tashkilot dunyoning 187 ta davlati orasida ishsizlik darajasi reytingini taqdim etgan. O‘zbekiston mazkur reytingda 113-o‘rinni egallamoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa foizlik ko‘rsatkichlar quyidagicha: Turkmanistonda ishsizlik darajasi 4,3 foiz (117-o‘rin), O‘zbekistonda 4,5 foiz, Qozog‘istonda esa 4,8 foiz (104-o‘rin).

Mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich Tojikistonda kuzatilgan, u yerda ishsizlik darajasi 11,6 foizga (29-o‘rin) yetgan. Bu qo‘shni mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori.Dunyodagi eng yomon ko‘rsatkichlar Esvatini (34,4 foiz), Janubiy Afrika Respublikasi (33,2 foiz), Jibuti (25,9 foiz), Botsvana (23,1 foiz) va Gabonda (20,1 foiz) qayd etilgan. Ishsizlik darajasining eng past ko‘rsatkichlari esa Qatarda (0,1 foiz), Kamboja (0,3 foiz) va Nigerda (0,4 foiz) kuzatilmoqda.

Dunyoda o‘rtacha ishsizlik darajasi 5 foizni, Afrikada 6,5 foizni, Amerikada 5,5 foizni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 4,2 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyoda 5,5 foizni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121122 | Инструменты