Huawei 1
Mastercard O‘zbekistonda onlayn ta’lim platformasini ishga tushiradi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Mastercard kompaniyasining davlat organlari bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Sulaymon Sozeri boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar joriy yilda Mastercard Europe SA bilan imzolangan memorandumiga asosan, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Xususan, Mastercard Europe SA O‘zbekistonda keng omma uchun onlayn ta’lim platformasini ishga tushiradi. Shuningdek, O‘zbekiston bank mutaxassislari uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.

Bundan tashqari, mamlakatimizdagi kichik va o‘rta biznes subyektlarini raqamlashtirishga yordamlashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70408 | Инструменты