Huawei 1
“Mening fikrim” portaliga “tonirovka” masalasida murojaat yo‘llandi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga transport vositalari oynalarini qoraytirish uchun belgilangan to‘lovni kamaytirishni so‘rab, murojaat yo‘llandi. Murojaat ovozga qo‘yilishi uchun moderatorlar tasdig‘idan o‘tishi lozim. Murojaat muallifi O‘zbekistonda issiq mavsum yilda 7 oy davom etishi, ayniqsa yozda harorat yuqori bo‘lishini qayd etgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat olish to‘lovi quyidagicha:

orqa yon oynalar – yiliga 4,5 BHM (1 mln 215 ming so‘m);
barcha yon oynalar – yiliga 45 BHM (12 mln 150 ming so‘m).
Murojaat muallifi to‘lovlar miqdorini quyidagicha belgilashni taklif etgan:

orqa yon oynalar – 0,5 BHM (145 ming so‘m);
barcha yon oynalar – 2 BHM (540 ming so‘m).

Shuningdek, ruxsatnomani 3, 6, 9 va 12 oyga olish imkoniyati yaratilishini ham so‘ragan. Uning ta'kidlashicha, to‘lovni ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida to‘lash mumkin bo‘lishi kerak.

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60409 | Инструменты