Majburiy ijro burosining axborot xizmatining bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz yoki yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida fuqarolarning sudlar yoki boshqa organlar hujjatlariga asosan mavjud qarzdorligi sababli, avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish taqiqlangani haqidagi xabarlar asosga ega emas.
Fuqarolarimizning ijro ishlari haqidagi qarzdorligi haqidagi xabarlar, avvalo “SMS xabarnomalar” orqali ma’lum qilib boriladi.
Qolaversa, fuqarolarimiz yuzaga kelayotgan qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni olish va xorijga chiqish oldidan taqiq bor yoki yo‘qligini mobil telefon orqali ham bilib borish mumkin.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin chiqindidan qarzdorlik uchun elektr energiyasidan uzib qo‘yish qonunda mustahkamlanyotgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты