Ma’lumki, shu yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro standartlar asosida plastikdan tayyorlangan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi berilmoqda.
Mazkur haydovchilik guvohnomasi xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan va chet davlatlarda ham amal qiladi.
Milliy haydovchilik guvohnomasi uchun eng kam ish haqining 70 foizi, 104 842 so‘m 50 tiyin miqdorida to‘lov to‘lanadi. Ushbu to‘lov miqdori e’lon qilingan kundan boshlab guvohnomani taqdim etish jarayoni boshlandi.
Ta’kidlash joizki, yangi namunadagi guvohnoma maxsus himoya vositalariga hamda haydovchiga tegishli ma’lumotlarni bevosita olish imkonini beruvchi maxsus elektron belgilarga ega. Ularda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, yuridik shaxslarning esa soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami saqlanadi.
Milliy haydovchilik guvohnomasining asosiy tasnifi quyidagicha:
Plastikdan tayyorlangan guvohnoma o‘lchami 54 x 86 millimetrni tashkil etadi. Guvohnomaning rangi - och pushti. Seriyali raqami ikki harfli, nomeri esa olti raqamdan iborat.
Milliy haydovchilik guvohnomasining plastik shaklida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan gologramma nishablikning turlicha burchagida o‘z shaklini o‘zgartiradi.
"Haydovchilik guvohnomasi” mikromatni o‘lchami maksimum 30 mikrondan iborat. Guvohnoma ultrabinafsha qoplama bilan himoyalangan.
Unda davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan, O‘zbekiston Respublikasining nomi davlat tilida, rus va ingliz tillarida ham yozilgan. Yo‘l harakati to‘g’risidagi Vena konvensiyasida nazarda tutilgan ma’lumotlar majburiy tartibda ko‘rsatilgan.
A, B, C, D, BE, CE va DE toifalarini boshqarish uchun milliy haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligi tegishli piktogrammalar bilan ifodalangan.
Amaldagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish 2017 yil 1 oktyabrdan 2018 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriy ravishda, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi. 2021 yil 1 oktyabrga qadar esa eski namunadagi guvohnoma bekor qilinadi.
Shuningdek, guvohnomalarni almashtirish avvaliga Toshkent shahrida, so‘ng bosqichma-bosqich viloyatlarda ham amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42711 | Инструменты
Assalomualeykum shu inglizcha ruscha yozilga.n guvohnomamiz kipr respublikasida otmasekan ortola otadi diyishdan oldin kelishuv qb chiqish kk yokida nechta dovlat nomini yozib qoldirish kk.Ortola hammaga omad charchamela.
Kollejda avtotransportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi mutaxassisligi buyicha uqidim. Haydovchilik guvohnomasi B,BC toifali olishimiz kerak edi lekin bizga faqat B toifali prava berildi. C toifali bermadi sababi kollejimizda yuk mashinasi yuqligi sabab C toifa bermadi. Savolim shuki hozir ham kollej tomonidan C toifali prava olsam buladimi...
РФ Инспектор гибдд отказал поменяет узб. Вод.Удост нового образца после всех экзаменов и оплаченный гос.пошлины- на российский образец вод.удост.! Инспектор гибдд говорит что пластиковый узб.вод.удост.не соответствует венской конвенции!??
men rassiya davlatida gazell yuk avtomabilida haydovchi bo'lib ishlayabman meni gayi to'xtatib ruscha prava bo'lishi kerak bo'lmasa shtraff deyabdi menda prava perevod ham qilingan pravam b,c toifali. Gayilarning bu ishi adolatdanmi
Dubaiga ham utadimi bu guvoxnoma?
Yoq dubayga utmedi.
YANGI pravada 10chi bilan belgilangan joy nima
Uwbu guvoxnoma xitoy davlatiga xam otadimi