Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, tuman hokimi Fayzullo Gʻulomov, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, deputatlar, IIB sohasi xodimlari va faxriylari ishtirokida tayinlov tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va natijalar xususida so‘z yuritib, sektor rahbarlari, soha xodimlarining oldidagi mas’uliyat yanada oshayotganini ta’kidladi.
Haydarov Gʻayrat Djumayevich Mirishkor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Gʻayrat Haydarov 1984-yilda Koson tumanida tug‘ilgan. 2019-yilning noyabr oyidan buyon Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bugunga qadar Mirishkor tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bo‘riyev Musurmon Iskandarovich Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80511 | Инструменты