Toshkent shahri bozorlarida go‘sht mahsulotlari savdo shoxobchalari ko‘paytirildi va kengaytirildi, bu esa xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratdi. Ta’kidlash joizki, narxlar barqarorlashtirildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar tinimsiz davom ettirilmoqda.
Qayd etilishicha, “Aviasozlar”, “Farhod”, “Eski Jo‘va”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” oziq-ovqat bozorlarida ilgari 624 ta go‘sht mahsulotlari savdo rastalari faoliyat ko‘rsatgan. 3-avgust kuni qo‘shimcha ravishda yana 84 ta rasta (+13,5%) tashkil etildi. Natijada savdo nuqtalarining umumiy soni 708 taga yetdi.
3-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent shahri bozorlariga 78,9 tonna go‘sht yetkazib berilgan. Shundan 21,8 tonnasi (umumiy hajmning 27,6 %) savdo rastalariga joylashtirilgan qo‘shimcha hajmni tashkil etdi.
Taqsimot quyidagicha:
• “Aviasozlar” – 3,1 tonna (14,2%)
• “Farhod” – 5,6 tonna (25,7%)
• “Eski Juva” – 6,0 tonna (27,5%)
• “Yunusobod” – 3,2 tonna (14,7%)
• “Qo‘yliq” – 4,0 tonna (18,3%)
Ushbu rastalarda go‘sht arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda:
• mol go‘shti (mahalliy) – 85 000 so‘m
• mol go‘shti (belarus) – 70 000 so‘m
• qo‘y go‘shti (mahalliy) – 90 000 so‘m
• muzlatilgan go‘sht – 65 000 so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80419 | Инструменты