Moskvadagi turar joy binosining liftida ayolni zo‘rlashda ayblanayotgan o‘zbekistonlik erkak ushlandi

Moskvadagi turar joy binosining liftida ayolga hujum qilib, uni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Moskva Tergov boshqarmasi rahbarining katta yordamchisi Yuliya Ivanova ma’lum qildi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 1-fevralga o‘tar kechasi Moskva shahrining Avtozavodskaya ko‘chasidagi turar joy binosining kiraverishida noma’lum erkak ayolga hujum qilib, uni zo‘rlagan va voqea joyidan qochib ketgan.

"Aniqlanishicha, gumondor 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi va u qo‘lga olindi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi amaldagi migratsiya qonunchiligiga binoan ham tekshiriladi”, degan Ivanova.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты