Huawei 1
Muhiddin Xolmurodov Ko‘chmas mulkni baholash markazi rahbari etib tayinlandi

Muhiddin Shamsiddin o‘g‘li Xolmurodov 16 may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kadastr agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligida faoliyat yuritgan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Otabek Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51707 | Инструменты