My.gov.uz tizimida roʼyxatdan oʼtgan fuqarolar endi shaxsiy kabineti orqali “Mehnat daftarchasidan koʼchirma olish”lari mumkin bo'ldi
My.gov.uz tizimida roʼyxatdan oʼtgan fuqarolar endi shaxsiy kabineti orqali “Mehnat daftarchasidan koʼchirma olish”lari mumkin boʼldi.
Buning uchun ulardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi.
Xizmat bir muddatda va bepul koʼrsatiladi.
Ushbu elektron xizmat fuqarolarimizga tashkilotlar tomonidan mazkur hujjat soʼralganida tezkor taqdim etish qulayligini beradi.
Maʼlumot oʼrnida: Elektron hukumatni rivojlantirish yoʼlidagi islohotlar tufayli davlat rahbarining 2019-yil 31-oktyabrdagi qarorida 2020-yilning 1-yanvaridan ish beruvchilar va xodimlar oʼrtasidagi mehnat munosabatlari (mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillari) elektron roʼyxatdan oʼtkazilishi belgilab qoʼyilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71007 | Инструменты