Namanganda ichida ikki nafar haydovchi va feldsher bo‘lgan tez yordam mashinasi YTHga uchradi. Bu haqda viloyat SSB xabar berdi.
2023 yil 26 noyabr kuni Chortoq tuman tez tibbiy yordam Alixon shoxobchasi haydovchisi 1988 yil tug‘ilgan Axror Nurullayev navbatchilikni qabul qilgandan so‘ng, feldsher Tursunov Xamidullo bilan birga dori-darmon olish uchun Alixondan Chortoq tuman tez tibbiy yordam markaziga yo‘l olgan.
Ma’lumotga ko‘ra, haydovchi pastki Qorabog‘ qishlog‘idan o‘tib kelayotgan vaqtda oldinda harakatlanib kelayotgan Damas to‘satdan to‘xtab olgan. "103" xizmati haydovchisi YTHni oldini olish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib yuborgan. Buning oqibatida, Cobalt bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, harakatni boshqarib kelayotgan haydovchi Nurillayev Axror og‘ir tan jarohati olgan. U yonida o‘tirib kelgan haydovchi sherigi Sodiqjon Ismanov bilan birgalikda Chortoq tuman tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib kelingan. Shifoxonada haydovchi Axror Nurillayev vafot etgan. Ikkinchi haydovchi Sodiqjon Ismanov “bosh miya yopiq shikasti, peshona sohasi shilinib-yirtilgan jarohati” bilan shifoxonaga yotqizilgan, hozirda holati qoniqarli. Feldsher Xamidullo Tursunov hech qanday tan jarohati olmagan.
"Yuqorida holat yuzasidan shuni ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, sanitar mashina texnik holat soz bo‘lganligi, bu baxtsiz tasodifiy YTH ekanligini ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты