Joriy yilning 23 aprel kuni Kosonsoy tumani Jar mahallasi hududida tuman yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Damas rusumli avtomobil to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida avtomobil salonida bir nafar ayol va 25 nafar bolalar bo‘lgani aniqlangan. Haydovchining ma’lum qilishicha, u bolalarni shu mahallada joylashgan xususiy bog‘chaga olib borayotgan bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42814 | Инструменты