Namanganda 37,4 mln, Andijonda 7,7 so‘mlik qalbaki pullarni yasab muomalaga chiqarmoqchi bo'lganlar ushlandi

Namangan shahrida qalbaki 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming so‘m nominaldagi banknotlarni tayyorlab, sotish holati fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, holat Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Tadbir davomida Pop tumanida yashovchi 37 yoshli, Andijonning Izboskan tumanida yashovchi 27 yoshli 2 nafar shaxs jami 37,4 mln so‘m qalbaki pullarni shartli xaridorga 7,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, ularni boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” salonida ham qalbaki 6,4 mln so‘m borligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, izboskanlik fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzildan qalbaki 7,7 mln so‘m, 145 dona oq qog‘ozga chop etilgan turli xil kupyuralar, kompyuter, rangli printer va boshqa ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100314 | Инструменты