Huawei 1
Namanganda bir kunda minglab yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida bir kunda o‘tkazilgan reydlarda minglab qoidabuzarliklarni aniqladi.

YHXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 24 soat ichida 2000 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari qayd etilgib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.

394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta holatda voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish, 131 ta holatda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51901 | Инструменты