Huawei 1
Namanganda bir maktabda 8 yo‘nalishda stipendiya tashkil etilgan

O‘quvchi-yoshlarni umumta’lim fanlarini chuqur va mukammal o‘rganishga undash, muvaffaqiyatlar sari ruhlantirish borasida Chortoq tumanidagi 13-maktabda o‘ziga xos tashabbus yo‘lga qo‘yilgan.

Unga ko’ra, har chorakda 23 nafar fanlarni eng yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchi “Orasta qiz”, “Tarixchi”, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari”, “Buxoriy izdoshlari”, “Yosh kitobxon”, “Mard oʻgʻlon”, “Informatika” kabi bir-biridan qiziqarli yoʻnalishlarda homiylar tomonidan 200 ming soʻm miqdorida stipendiya bilan rag’batlantiriladi.

Ilm maskanida hozirgacha ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar soni 276 nafarni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92014 | Инструменты