Huawei 1
Isroil Bosh shtab rahbari mamlakat shimolidagi urush rejasini tasdiqladi

Isroil Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi “mamlakat shimolida jangovar harakatlar o‘tkazish bo‘yicha harbiy rejani tasdiqladi”.

Isroil armiyasi matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Halevi qurolli kuchlarning mamlakat shimolidagi harbiy rejalarini ma'qullagan.

2023-yil 8-oktabrdan beri tomonlar o‘rtasida Isroil va Livan chegarasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, kun sayin kuchayib bormoqda.

17-sentabr kuni Livanda “Hizbulloh” aʼzolari tomonidan foydalaniladigan peyjerlarda kuchli portlashlar sodir boʻldi.

Portlashlar oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar yaralangan, ulardan 300 nafari og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda.

18-sentabr kuni mamlakat bo‘ylab ko‘p sonli radiostantsiyalarning portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Livan rasmiylari voqeada Isroilni aybladi, biroq Isroil bu borada hozircha hech qanday bayonot bermadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92015 | Инструменты