Huawei 1
Namanganda bir oilaning 3 a’zosi qarindoshi tomonidan o‘ldirildi

Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning uch nafar a’zosi – ona va uning ikki nafar farzandi pichoqlab, o‘ldirilgan. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea 9-avgust kuni soat 21:40 larda sodir bo‘lgan. Fuqaro M.A. (erkak) qarindoshi R.M. (ayol)ning yashash xonadoniga borib, ushbu xonadonda avvaldan mavjud bo‘lgan mulkiy nizo sababli janjallashib, ayol va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini pichoq bilan qasddan urib o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan. 

Mazkur holat yuzasidan 10-avgust kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты