Huawei 1
Namanganda gaz portlashi oqibatida uy qulab tushdi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, voqea bugun, 7-fevral kuni soat 07:30 larda sodir bo'lgan. Unda Kosonsoy tumani "Nurobod" MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida gaz-havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda portlash oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari jalb etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты