Namanganda itni chinor daraxtiga osgan bolalarga sud hukmi o'qildi
Joriy yilning 11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda kuchuk qiynoqqa solingani haqida videolavhalar tarqalgan edi.
Undan so'ng, Namangan viloyati IIB bunga o'z munosabatini bildirgan edi.
Ma'lum qilinganidek, 2021-yil 24-may kuni, Chortoq tumanida yashovchi, Chortoq tumani XTB qarshli umumiy talim maktabining 6-snif oʻquvchisi 2008-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan M.N. va shu maktabning 5-snif oʻquvchisi, 2009-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan O.R. bilan birgalikda itni dalaga olib borib tashlab kelish maqsadida olib ketishgan.
So'ng, uni dala maydonidagi chinor daraxtiga osgan.
Ushbu xolatni videotaʼsvirga olgan, telegramm va “Tik-tok” ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirgan, 2003-yilda tugʻilgan, S.O. hamda 2003-yilda tugʻilgan N.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan xujjatlar sudga taqdim etilgan.
Ma'lum bo'lishicha, 2021-yil 29-iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chortoq tuman sudi tomonidan, 2003-yilda tugʻilgan, S.O. hamda 2003-yilda tugʻilgan N.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan ish xujjatlari koʻrilib ularga nisbatan 2.450.000 soʻmdan jarima jazosi tayinlangan.
Vaoyaga yetmaganlar, 2008-yilda tugʻilgan, M.N.ning otasi O.N va 2009-yilda tugʻilgan, O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan toʻplangan xujjatlar Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy xisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yaʼni 245 ming soʻm miqdorida jarima jazosi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42813 | Инструменты