DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va IIV tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1972 y.t., muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 g “opiy” moddasini Shumanay tumanida yashovchi, 1965 y.t. mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Shuningdek, nukuslik narkosavdogarning yonidan qo‘shimcha 5 g “opiy” ham olindi.
Aniqlanishicha, u ajal og‘usini o‘zining 1981 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan bo‘lib, Xo‘jayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 20 g “opiy”ni 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Bundan tashqari, uning yonida bo‘lgan sumkadan ham 1 kg 176 g “opiy” moddasi olindi.
Maʼlum bo‘lishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda uchala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Taʼkidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq bunday jinoyat sodir qilgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11104 | Инструменты