Huawei 1
Narx manipulatsiyasiga yo'l qo'ygan korxonaga ta'sir chorasi qo'llanildi

Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan "QORAKO`L KUMUSH KALAVA" MCHJning birja savdolari orqali texnik chigit mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallariga nisbatan nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlarini aniqlangan. Buning natijasida birja savdolarida mahsulotni narxlari o‘rtacha 12 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.

Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 170-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablarining buzilishi alomatlari bilan "QORAKO`L KUMUSH KALAVA" MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan asossiz olingan mablag‘ni qaytarish hamda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Korxona Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lib, bir necha sud instansiyasi tartibida murojaat qilishiga qaramasdan sud instansiyalarida shikoyat qanoatlantirilmasdan Qo‘mitaning qarori o‘z kuchida qoldirildi hamda amalga oshirilgan ishlar natijasida qonunbuzilish holati bartaraf etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91710 | Инструменты