Huawei 1
“Navoiy” chegara bojxona postida 15 bosh sharq bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy olib chiqishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda  yurtimizdan chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi 15 bosh tirik bo‘g‘ma ilonlarni tegishli ruxsatnomalarsiz olib chiqmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Unga tegishli 10 litr hajmli yelim idishga joylangan mazkur ilonlar “sharq bo‘g‘ma iloni” zotiga mansub bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida Ustyurt platosi, Markaziy Qizilqum, Zarafshon vodiysi, Qarshi cho‘li, Zarafshon tog‘i, Qashqadaryo, Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati cho‘llari, Toshkent viloyatidagi tog‘ yonbag‘irlari, Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo viloyatining tog‘oldi qismida uchraydi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu ilonlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, hozirda jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60506 | Инструменты