Huawei 1
Navoiyda 20 sotix yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Q. fuqaro U.N.ning ishonchiga kirib, unga Xatirchi tumani, “Tamabaxrin” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 360 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11806 | Инструменты