Huawei 1
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tashkil etildi

“Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.

Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Qarorga ko'ra, Universitet huzurida quyidagilar tashkil etildi:

a) Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filiali negizida – Nukus konchilik instituti;

b) “Navoiy” ilmiy-texnologiya sanoat parki;

v) 2022/2023 o‘quv yilida:

Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Karmana xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi negizida – Karmana politexnika texnikumi;

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tizimidagi Nurota sanoat-konchilik kolleji negizida – G‘ozg‘on politexnika texnikumi.

Bundan tashqari, Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi Uchquduq sanoat texnikumi va Zarafshon sanoat texnikumi universitet huzuriga o‘tkaziladi.

Universitet huzuridagi texnikumlarda sanoat, konchilik, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish, energetika, elektrotexnika, xizmat ko'rsatish yo'nalishlarida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

Universitet yuqori kurs talabalari ish haqi to'lanadigan tizim orqali band qilinadi, jumladan amaliyot o'tashda haq to'lash tizimini joriy etish choralari ko'riladi.

Universitetda 2023/2024-o'quv yilidan texnika yo'nalishi bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.

Boshqaruv kengashi quyidagi vazifalar yuklatiladi:

- Universitetning yaqin, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini, moliyaviy yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasini, daromad va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini nazorat qilish;

- Universitetda ta’lim jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligini, xususan, talabalarning o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlari ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

- Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish;

- Universitetning ta’lim va tadqiqot jarayonlariga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalar o‘rnatish;

- Universitetning ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha buyurtmachilar bilan manfaatli hamkorligini o‘rnatish;

- ta’lim va tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startaplar va akselerator faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100304 | Инструменты