Huawei 1
Navoiyda maktab direktori o‘qituvchilarni "Tashabbusli budjet"ga ovoz to‘plashga majburlagani aytilmoqda

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori Dildora Turobova o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet”ga ovoz to‘plashga majburlagani aytilmoqda.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari O‘tkir Tillayev boshchiligida mazkur holat tegishli mas’ullar bilan birgalikda zudlik bilan atroflicha o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, haqiqatan ham internetdagi audio 9-maktab direktoriga tegishli ekani aniqlangan va unga nisbatan ish beruvchining tegishli buyrug‘iga asosan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan audioxabarda maktab direktori majlisda o‘qituvchilarning har biri “Tashabbusli budjet” uchun 100 tadan ovoz to‘plashi kerakligini aytganini eshitish mumkin. 

“Agar shuni yutolmasam, hammaning qonini ichaman, hammang millionlab oyligingni qo‘yasan”, — deb ta’kidlagan rahbar.

Shuningdek, hozirda vakolatli organlar tomonidan maktab direktorining xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda. Ushbu holat yuqori turuvchi va vakolatli organlar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120911 | Инструменты