Huawei 1
Navoiyda rus tili o‘qituvchisi 2 nafar o‘quvchini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyda rus tili va adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Mazkur holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o‘qituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchilari A.A. va Sh.B.larni kaltaklagan. 

O‘quvchilardan biri A.A. va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchi M.Sh.ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan.

“Yana bir bor ta’kidlaymiz, bolalarga nisbatan sodir etilgan hech bir zo‘ravonlik holati javobsiz qolishi mumkin emas. Bolalar ombudsmani mazkur fakt yuzasidan bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini qat’iy davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты