"Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;
Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
- Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;
- Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;
- akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
- Universitetning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42917 | Инструменты