Non ham kasallanadimi?

Ma‘lumki, non tarkibida ko‘p miqdorda suv va boshqa moddalar borligi tufayli mikroorganizmlar ta‘sirida ba‘zi bir kasalliklar kelib chiqishi mumkin. 

Nonda uchraydigan asosiy kasallik kartoshka kasalligi va mog‘orlanish hisoblanadi.

KARTOSHKA KASALLIGI

Bu kasallikni asosan kartoshka tayoqchalari bakteriyasi keltirib chiqaradi. Ushbu bakteriyaning tayoqchalari u yoki bu miqdorda havoda, unda va boshqa xom ashyolarda bo‘lishi mumkin. Non pishirilgan paytda bu bakteriyalarning sporalari o‘lmasdan qolsa, qulay sharoit yaratilgan paytda rivojlanib kasallikni vujudga keltiradi.

MOGʻORLANISH KASALLIGI

Bu kasallik ham nonlarda tez-tez uchrab turadi. Mog‘orlanishni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning kartoshka kasalligining qo‘zg‘atuvchilaridan farqi shuki, mog‘orlarning sporalari non pishirishda batamom o‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50419 | Инструменты