Huawei 1
Noyob operatsiya: Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi

Keyingi yillarda yurtimizda tibbiyotning yangi yo‘nalishi hisoblangan inson tana aʼzolari transplantatsiyasi sohasida ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Masalan, bir paytlar faqat ilg‘or xorijiy davlatlardagina bajarilgan bo‘yrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti hozirgi kunda yurtimizning chekka va olis tumanlarida ham o‘tkazilyapti.

Endi esa jigar transplantatsiyasi borasida katta tajriba to‘planyapti. Buni Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk bor 15 yoshli bemorda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarilgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Aytish joizki, jigar transplantatsiyasi — o‘ta noyob operatsiya. Ayniqsa, uni bolalarda o‘tkazish juda murakkab hisoblanadi.

Ushbu yuqori texnologik amaliyot markaz jarroh va transplantologlari hamda Moskvadagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sunʼiy organlar markazi yetakchi mutaxassislari hamkorligida bajarildi.

Natijada surunkali jigar yetishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qo‘yilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forig‘ bo‘ldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi, boshqacha aytganda, ota o‘z o‘g‘liga ikkinchi umr bag‘ishladi.

Hozir bemorning ahvoli yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты