Huawei 1
Nukus shahridagi voqeaga oid Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tezkor oʼrganish oʼtkazildi

Joriy yil 17 dekabr kuni ayrim elektron ommaviy axborot vositalarida Nukus shahrida jamoat ishida qatnashgan bir guruh xotin-qizlar ularga mehnat haqi oʼz vaqtida toʼlanmaganligi uchun avtomobil qatnov yoʼlida norozilik namoyishi oʼtkazganligi toʼgʼrisida maʼlumotlar chop etilgan.
Mazkur holat boʼyicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tezkor oʼrganish oʼtkazildi.
Joriy yil noyabr oyida “Temir daftar”ga, “Аyollar daftari”ga kiritilgan kambagʼal oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolarining bandligiga koʼmaklashish maqsadida Nukus shahrida 1 184 nafar ishsiz fuqaro qoʼshimcha ravishda mahalla fuqarolari yigʼinlari buyurtmasiga asosan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga 817 million soʼm ish haqi hisoblangan.
Аmaldagi tartibga muvofiq, buyurtmachi – ish beruvchi tomonidan jamoat ishlarida bajarilgan ish hajmi toʼgʼrisida dalolatnoma, jamoat ishiga qatnashganligini tasdiqlovchi qaydnoma (tabel) taqdim etilganidan soʼng mazkur hujjatlar aholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoat ishlari jamgʼarmasidan qoʼshimcha mablagʼlari moliyalashtirilib beriladi.
Hozirgi kunga kadar fuqarolarga 226 million soʼm ish haqi toʼlab berildi, qolgan 591 million soʼm mablagʼ Nukus shahar aholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan 18 dekabr kuni toʼliq toʼlab beriladi.
Oʼrganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar koʼriladi. Mablagʼlar toʼliq toʼlab berilgani va aybdor mansabdor shasxlarga choralar koʼrilganligi toʼgʼrisida maʼlumot qoʼshimcha taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42709 | Инструменты