Toshkent viloyati mahalliy budjetining joriy yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasiga 352 million soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi.
Mazkur ajratilgan mablagʻlar Nurafshon shahri "Toʻytepa" mahallasida joylashgan sobiq xalq banki binosini Koʻzi ojizlar jamiyati binosiga moslab mukammal taʼmirlash xarajatlari uchun sarflanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты